«Kinokarvon»ning ilk manzili Sirdaryo viloyati bo‘ldi

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Kinematografiya agentligi hamda «Ma’rifat» targ‘ibotchilari jamiyati hamkorligida «Bir bo‘lsak – yagona yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!» shiori ostida «Kinokarvon» Respublika bo‘ylab yo‘lga chiqdi.

Karvonning ilk manzili Sirdaryo viloyati bo‘ldi. Viloyatga poytaxtdan 10 ga yaqin kinoijodkorlar, yozuvchi va ziyolilar tashrif buyurdi. Tadbirlar Guliston shahar Yoshlar markazidan boshlandi.

Shu kuni ijodkorlar Xovos hamda Shirin tumanlarida bo‘lishdi. Ma’rifiy tadbirlarda ikki ming nafarga yaqin aholi qqmrab oldi. Ularga karvon tomonidan olib kelingan 10 ga yaqin filmlar namoyish etildi. Aholining tadbir davomida yosh kino ijodkor Shokir Xoliqovning «Yakshanba», Akbarali Bekturdiyevning «O‘zbek qizi» kabi filmlari qiziqish uyg‘oydi.

Fikr bildirish

Latest from Blog