Xabaringiz bor, yurtimiz bo‘ylab «Bir bo‘lsak – yagona yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!» shiori ostida «Kinokarvon» yo‘lga chiqqan.
Xo‘sh, loyiha doirasida aholimizga qaysi filmlarni namoyish etmoqda? Mazkur savol bilan «Ma’rifat» targ‘ibotchilari jamiyati rahbari Baxtiyor Husanov bilan bog‘landik.
«Tadbirlar eng chekka hududlarida olib borilmoqda. Maqsadimiz ushbu karvon orqali qadriyatlarimiz unutmaslikka chorlash, yoshlarni bilimga qiziqtirishdan iborat.
Tadbirlarimiz davomida Kinematogragiya agentligi buyurtmasi asosida suratga olingan «Abdulla Oripov», «Quyosh ta’mi», «Sudya», «Doktor Abdullayev», «Yakshanba», «Osmondagi bolalar 3», «Evrilish», «Dada degin», «O‘zbek qizi» kabi filmlar namoyish etiladi. Kinokartinalar orasida yosh kinoijodkorlarning ham asarlari mavjudligi bizni quvontiradi.
Filmlarda ota-onaga hurmat, bilim olishga bo‘lgan zarurat hamda kasbga bo‘lgan muhabbat alohida eks ettirilgan», deydi Husanov.