KFC Oʻzbekistonga kelmoqda

Tovuq goʻshtidan tayyorlangan ovqatlarga ixtisoslashgan tezkor xizmat koʻrsatish oshxonalar xalqaro tarmogʻi Oʻzbekiston bozoriga chiqmoqda  va ushbu munosabat bilan kadrlar izlamoqda, deb xabar qildi spot.uz sahifasi.

Foto: Krasota.uz

Xususan hh.ru saytida joylashtirilgan vakansiyalarga koʻra, KFC Toshkentda restoran direktori, direktor yordamchisi va menejer lavozimlariga kadrlar izlamoqda.

KFC— Kentucky Fried Chicken (Kentakki shtatidan qovurilgan joʻja) – restoranlar soni boʻyicha bugungi kunda dunyoda “McDonald’s”dan keyin  ikkinchi oʻrinni egallagan.

KFC Oʻzbekistonda International Foodchain tashkiloti bilan hamkorlik qilishi xabar qilingan.

Eslatib oʻtamiz, amerikaning Yum! Brands, Inc. rorporatsiyasi dunyoda ommaviy boʻlgan 3ta tezkor ovqatlanish restoranlari tarmogʻini oʻz ichiga olgan —KFC, Taco Bell,Pizza Hut. Kompaniya 110 mamlakatda 42,7 ming restoranlarni nazorat qiladi.

Fikr bildirish

Latest from Blog