/

Jo Bayden AQSh HHK akademiyasi bitiruv marosimida yiqilib tushdi

AQSh prezidenti Jo Bayden Koloradoda Harbiy-havo kuchlari akademiyasi bitiruvchilarini tabriklash chog‘ida sahnada yiqilib tushdi, deb yozadi New York Post.

Qayd etilishicha, Bayden sahnada yotgan qum to‘ldirilgan qopga qoqilib ketgan. Qo‘riqchilar o‘z vaqtida yetib kelib, 80 yoshli prezidentni oyoqqa turg‘azishdi.

Ko‘p o‘tmay, Oq uy ma’muriyati Amerika Qo‘shma Shtatlari rahbarining ahvoliga izoh berib, u «yaxshi holatda» ekanini ma’lum qildi.

Avvalroq, Bayden Pitsburgdagi (Pensilvaniya shtati) nutqidan keyin sarosimaga tushib qolgan va sahnadan chiqib ketish yo‘lini topa olmagandi.

Fikr bildirish

Latest from Blog