Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i kamaytirildi

O‘zbekiston hukumati jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining o‘rtacha va maksimal stavkasini 0,5 foizga pasaytirdi, deb yozadi UzDaily O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2018-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi qaroriga tayanib.

Foto: azernews.az

Hujjatga muvofiq, minimal stavka 7,5 foiz darajasida qoladi.

Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining o‘rtacha stavkasi 16,5 foizgacha, maksimal stavkasi esa — 22,5 foizgacha pasaytirildi.

Fikr bildirish

Latest from Blog