Jinoyatchilikka qarshi kurashda qatnashgan fuqarolar rag‘batlantiriladi

Jinoyat va huquqbuzarliklarga tayyorgarlik ko‘rilayotgani to‘g‘risidagi ishonchli xabar rag‘batlantiriladi. O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining 8-yanvardagi qarori bilan huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashdagi ishtiroki uchun fuqarolar va jamoat tashkilotlarini rag‘batlantirish tartiblari to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi, deya xabar qildi Norma.uz.

Korrespondent Uzbekistan 0174
Foto: UzA

Qasddan sodir etish rejalashtirilgan yoki amalga oshirilgan ma’muriy huquqbuzarliklar, jinoyatning to‘liq ochilishida huquqni muhofaza qilish organlariga yordamlashish, jinoyatni sodir etgan yoki qidiruvda bo‘lgan shaxs, uning joylashgan o‘rni haqidagi ma’lumotlarni taqdim etish, jinoyatlarni sodir etish sabablari va ularni keltirib chiqaruvchi sharoitlarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar va tashabbuslarni amalga tatbiq etish va boshqa holatlarda fuqarolar pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi.

Pul mukofotlari huquqbuzarliklar profilaktikasi bilan bevosita shug‘ullanuvchi organlar tomonidan taqdim etiladi. Ularning o‘zlari mukofotlash uchun asos hisoblangan barcha zarur hujjatlarni yig‘ib, rasmiylashtiradi.

Jinoyatlar profilaktikasi bilan ichki ishlar organlari, prokuraturalar, Milliy xavfsizlik xizmati, adliya organlari, davlat bojxona va soliq xizmatlari, mehnat, ta’lim, sog‘liqni saqlash, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlari shug‘ullanishi mumkin.

Tuman (shahar) komissiyalari EKOIHning 10, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar komissiyalari EKOIHning 15, respublika komissiyasi esa EKOIHning 20 barobarigacha miqdorda fuqarolarni rag‘batlantirishi mumkin.

Komissiyalar darajasidan tashqari, mukofotning aniq hajmi ko‘maklashilgan profilaktika organi turiga ham bog‘liq.

Jamoat tashkilotlariga pul mukofotlari berilmaydi, ularga minnatdorchilik bildirilib, esdalik sovg‘alari topshiriladi.

Fikr bildirish

Latest from Blog