/

​Jigar saratonini xavfsiz davolash texnologiyasi ishlab chiqildi

Foto: SSV

AQSHning Michigan universiteti olimlari ultratovush toʻlqinlar yordamida jigar saratonini davolash texnologiyasini yaratdi. Muhimi, mazkur usul radioterapiya va kimyoterapiya muolajalari singari nojoʻya taʼsirlarga ega emas, deb yozadi O’zbekiston SSV matbuot xizmati.

Dastlabki tajriba jonivorlarda oʻtkazildi. Ultratovush yordamida ulardagi jigar oʻsimtalari 50 foizdan 75 foizgacha bartaraf etildi. Qolgan qismini esa immun tizimi yoʻq qilishga muvaffaq boʻldi.

Olimlar fikricha, klinik sharoitda baʼzan xavfli oʻsimtani butunlay olib tashlash mumkin emas. Bu uning tana boʻylab koʻpayishi yoki oʻlchami yanada kattalashishiga sabab boʻlishi mumkin.

Tadqiqotchilar ushbu muammoni hal qilish uchun gistotripsiya, yaʼni yuqori intensivlikdagi ultratovush toʻlqinidan foydalanish samaradorligini oshirdilar.

“Bizning qurilmamiz orqali yuqori amplitudali ultratovush toʻlqinlari oʻsimtani yoʻq qilish uchun yoʻnaltiriladi, — deydi tadqiqot mualliflaridan biri Chjen Syuy. — Ana shu impulslar oʻsimta toʻqimalarida mikro pufakchalar hosil qiladi. Keyinchalik ular kengayadi va yoriladi. Natijada saraton hujayralari oʻlimi sodir boʻladi.”

Mutaxassislar kelgusida yangi texnologiya amaliyotda keng qoʻllanila boshlagach, jigar saratonini davolash borasida olamshumul natijalarga erishilishiga umid qilishmoqda.

Tibbiyotda ultratovush imkoniyatlaridan inson ichki aʼzolarini tekshirishda keng foydalaniladi.

Fikr bildirish

Latest from Blog