JCh-2018 final bosqichiga qur’a tashlandi

Kecha, 1-dekabr kuni Moskvada 2018-yilda Rossiyada bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha jahon chempionati final bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Foto: FIFA

Qur’a natijalariga ko‘ra terma jamoalar guruhlardan quyidagicha tartibda joy olishdi:

A guruhi: Rossiya, Saudiya Arabistoni, Misr, Urugvay.

B guruhi: Portugaliya, Ispaniya, Marokash, Eron.

C guruhi: Fransiya, Avstraliya, Peru, Daniya.

D guruhi: Argentina, Islandiya, Xorvatiya, Nigeriya.

E guruhi: Braziliya, Shveytsariya, Kosta-Rika, Serbiya.

F guruhi: Germaniya, Meksika, Shvetsiya, Janubiy Koreya.

G guruhi: Belgiya, Panama, Tunis, Angliya.

H guruhi: Polsha, Senegal, Kolumbiya, Yaponiya.

Eslatib o‘tamiz, futbol bo‘yicha 21-jahon chempionati 2018-yil 14-iyundan 15-iyuliga qadar bo‘lib o‘tadi.

Latest from Blog