«Jazolovchi» laqabli oʻzbek bokschisi yanvarda jahon chempionligi uchun ringga chiqadi

WBC Silver chempionlik kamari sohibi Qudratillo Abduqahhorov 18-noyabr kuni Andijonda tashkil etiladigan professional boks kechasida ringga chiqadi, deb xabar bermoqda «Olamsport» nashri.

Foto: Sports.uz

Xabarda aytilishicha, u aslida shu oyda AQSh zaminidagi ilk jangini oʻtkazishi kerak edi.

«Afsuski, viza muddatini oʻz vaqtida uzaytira olmaganimiz sababli Oʻzbekistonga qaytib keldik. Men bilan birga Azizbek Abdugʻofurov ham qaytdi. Endi 18-noyabr kuni ikkimiz ham Andijonda tashkil etiladigan professional boks kechasida ringga chiqamiz», – degan u.

Abduqahhorovning aytishicha, uning raqibi oʻzbekistonlik bokschi Sherzod Alimjonov boʻladi.

«Nasib qilsa, dekabr oyida yana AQShga joʻnab ketaman. Rejaga koʻra, yanvar oyida jahon chempionligi kamari uchun ringga koʻtarilaman», — degan Qudratillo.

«The Punisher» (Jazolovchi) laqabi bilan tanilgan Qudratillo Abduqahhorov 1993-yilda Andijonda tugʻilgan. U hozirda 66,6 kilogramm vaznga ega bokschilar orasida WBC reytingida 6-, WBA va IBF reytinglarida 8-oʻrinda bormoqda. Qudratillo 12ta jang oʻtkazgan boʻlib, ularning barchasida gʻalaba qozongan va 8ta jangda raqiblarini nokautga uchratgan.

Latest from Blog