Janubiy Koreya sobiq prezidentiga rasman ayblovlar qo‘yildi


Janubiy Koreya prezidentligidan chetlashtirilganidan keyin Pak Kin Xe va Lotte Group rahbari Sin Don Binga rasmiy ayblovlar qo‘yildi. Bu haqda 17-aprel kuni «Yonhap» agentligi xabar tarqatdi. Sobiq davlat rahbariga poraho‘rlik, hokimiyatni suiiste’mol qilish va davlat sirlarini fosh etish ayblovlari qo‘yilgan.

Pak Kin Xe shuningdek, dugonasi Chxu Sun Sil bilan koreys biznes-strukturalarini notijoriy Mir va K-Sport tashkilotlariga 68 million dollar o‘tkazishiga majburlaganlikda va shu tashkilotlarning rahbarlidan pora talab qilganlikda, Samsung va Lotte korporatsiyalaridan umumiy 59,2 milliard Janubiy Koreya voni (yoki 52,02 million AQSh dollari) miqdorida pora olganlikda ayblanmoqda.

Agentlikning xabar qilishicha, Lotte Group rahbari Sin Don Bin sud oldida Chxe Sun Sil nazorati ostidagi K-Sport Foundation’ga o‘tkazgan taxminan 6,2 million dollar pul mablag‘lari uchun javob beradi.

Fikr bildirish

Latest from Blog