Janubiy Koreya prezidenti hibsga olindi

Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol hibsga olindi va so‘roqqa olib ketildi.

«Renxap» agentligining xabariga ko‘ra, Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol korrupsiya ishlarini tergov qilish bo‘yicha boshqarmasi tomonidan hibsga olinib, so‘roqqa olib ketilgan.

Tashkilot bergan ma’lumotga ko‘ra, Yunni hibsga olish uchun avval chiqarilgan order 10:33 da (Toshkent vaqti bilan 06:33) ijro etilgan.

Yun Sok Yolning o‘zi esa unga nisbatan olib borilayotgan tergovni noqonuniy deb hisoblashiga qaramay, so‘roqqa ixtiyoriy ravishda kelishga qaror qilganini aytdi.

Avvalroq, Janubiy Koreya prezidenti vazifasini bajaruvchi Chxve San Mok Yun Sok Yol hibsga olingan taqdirda davlat idoralarini kuch ishlatmaslikka chaqirgan edi.

Ma’lumki, 2024-yil dekabr oyida parlament Yun Sok Yolni hokimiyatdan chetlatgan edi. Bu qaror 3-dekabr kuni siyosiy muxoliflariga qarshi kurashish maqsadida mamlakatda harbiy holat joriy qilishga uringani sababli qabul qilingan. Shundan so‘ng sud Yun Sok Yolni hibsga olish uchun order bergan. Unga harbiy holat e’lon qilgani, isyon tashkil qilishga uringani va vakolatni suiiste’mol qilgani bo‘yicha ayblovlar qo‘yilgan.

Fikr bildirish

Latest from Blog