Jajjigina Nozimaning ko‘zlariga quvonch baxsh etaylik!

Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida tugʻilgan 10 yoshli Nozima ayni paytda ogʻir dard — leykozga chalingan. Uning orzulari bir olam, jajji qizaloq his-tuygʻularini qogʻozga tushirib turadi — katta boʻlganida shoira boʻlishni maqsad qilgan.

Nozimaning davolanishi uchun katta mablagʻ talab etiladi. Uning otasi jigar sirrozidan vafot etgan. Yolgʻiz onasi esa nuridiydasining davolanishi uchun qoʻlidan kelgan barcha imkoniyatni ishga solmoqda. Biroq, bu dard osongina chekinmas ekan…

2018-yilning noyabr oyida Nozimaning mazasi qochadi. Qizaloqning badanida koʻkarishlar kuzatildi, uning koʻngli aynib, holsizlana boshladi. Nozima va uning 4 yoshli ukasini boqish maqsadida erta-yu kech tinim bilmay ishlaydigan ona qizalogʻini shifokor koʻrigiga olib borganida uni taqdirning navbatdagi sinovi kutib turgani oshkor boʻldi.

“Bu kasallikning davosiga juda katta mablagʻ ketarkan. Men bir oddiy onaman, biron bir boy badavlat qarindoshim yoʻq, turmush oʻrtogʻim olamdan oʻtganlar. Nozima qizimning dorilarini olish uchun qarindoshlardan katta qarz koʻtarganman. Hozirga kelib esa qiynalib qoldim. Sotadigan hech narsam ham yoʻq. Yaxshi insonlardan yordam soʻrayman”, — deydi Nozimaning onasi.

Hozirda oila Nozimaning kasalligi tufayli Toshkentda ijarada yashashga majbur bo‘lmoqda. Qizaloqning dorilarini sotib olishdan tashqari har oy ijara haqini to‘lash ham onani qiynab qo‘ymoqda. Shu sababli barcha saxovatpesha insonlardan qizaloqqa imkon qadar yordam berishni so‘raymiz!

Onasining telefon raqami: +998 90 746 39 27 

Plastik karta raqami: 8600 0417 0138 1189

Fikr bildirish

Latest from Blog