Jahon banki: O‘zbekistonda 1 milliard dollarlik 8 ta qo‘shimcha loyiha amalga oshiriladi

Jahon banki prezidenti Jim Yong Kim Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik maktubini yo‘lladi.

Foto: Financial Express

Maktubda yozilishicha, umumiy qiymati qariyb 1 milliard dollarlik 8 ta qo‘shimcha loyiha tayyorlanmoqda.

Bu loyihalar iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha yangi loyihalarni hamda qishloq joylarda aholining hayot darajasi va sifatini oshirishga qaratilgan “Obod qishloq” dasturini qo‘llab-quvvatlashni ham o‘z ichiga oladi.

Jim Yong Kim Shavkat Mirziyoyevga Jahon banki va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida o‘zaro ishonchga asoslangan muloqot va konstruktiv sheriklik yo‘lga qo‘yilgani uchun minnatdorlik bildirgan.

“Jahon banki guruhi ekspertlari O‘zbekiston hukumatiga eng muhim masalalar, jumladan energetika tarmog‘ini isloh qilish, soliq va savdo siyosatini takomillashtirish, davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini joriy etish, maktabgacha ta’limni rivojlantirish, Iqtisodiy kengashni tashkil etish va boshqa sohalar bo‘yicha ko‘maklashish maqsadida mamlakatingizga muntazam ravishda tashrif buyurmoqda”, deyiladi maktubda.

Fikr bildirish

Latest from Blog