Noma’lum shaxs Italiya markazidagi Fyudji shahrida 20 kishini garovga oldi.

Hodisa o‘quv binosida sodir bo‘lgan. 28 yoshli yigit rahbariyat bilan kelishmovchilik tufayli 20ta talaba o’qiyotgan sinf xonasini yopib olgan.
Hodisa sababchisi voqea joyida mahalliy politsiya tomonidan qo‘lga olingan. Jabrlanganlar yo‘q.