Ispaniyada sayyoramizning eng keksa odami Fransisko Nunez Oliver 113 yoshida vafot etdi. Bu haqda The Local nashriga tayanib Gazeta.ru xabar bermoqda.
Oliver 1904-yilning 13-dekabr kunida Bienvenida shahrida tug‘ilgan va u yerda butun umr yashagan. Uning to‘rt nafar farzandi, to‘qqizta nevarasi va 15 nafar evarasi bor.