Moskvada O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning o‘g‘li Pyotr Karimovning “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK ustidan shikoyati yuzasidan ochilgan sud ishi tugatildi. Bu haqda Moskva shahar umumiy yurisdiksiya sudi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Sud ishining nima sababdan to‘xtatilgani va Pyotr Karimovning da’vosi qanday yechim topgani haqida ma’lumot berilmagan.
Pyotr Karimov Moskvaning Tver sudiga murojaat etib, “O‘zbekiston havo yo‘llari”dan o‘ziga tegishli pul mablag‘larini undirib berish yuzasidan da’vo kiritgan edi.
Ushbu xabardan so‘ng “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK Karimovning o‘z ixtiyori bilan ishdan bo‘shagani va unga maoshini olib ketish haqida xabarnoma jo‘natilganligini ma’lum qilgan edi.