Tojikistonning Xatlon viloyati Dang‘ara tumanida velosipedda ketayotgan bir guruh sayyohlar mashinada bosib ketilgan.
IShID terrorchilik guruhi Tojikistondagi xorijlik sayyohlarga qilingan hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olgan. Bu haqda “AP” xabar bermoqda.
Voqeada to‘rt nafar sayyoh halok bo‘lgan. Ulardan ikki nafar AQSh va ikki nafari Niderlandiya fuqarolari bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, hodisa yuzasidan mamlakat Ichki ishlar vaziri Ramazon Rahimzoda tekshiruv ishlari olib borilayotganini xabar qilgandi.
Shuningdek, voqeaning YTH, qotillik, bosqinchilik, hatto terrorchilik akti bo‘lishi mumkinligi ham inkor qilinmayotganini ta’kidlagandi.
Tojikistonda sodir etilgan hujum qurbonlariga va ularning oila a’zolariga bgun Toshkentdagi AQSh Elchixonasi bildirilgan dalda va hamdardlik uchun AQSh samimiy minnatdorchilik izhor etishini bildirdi.