Iroqda portlovchi moddalar bo‘lgan yuk mashinasining portlatishi natijasida 20 kishi halok bo‘ldi, deya xabar beradi Gazeta.ru nashri Reuters’ga tayanib.
Xabar qilinishicha, hodisa mamlakat shimolida Tuz-Xurmata shahrida sodir bo‘lgan.
Oktabrning o‘rtalarida Somali poytaxti Mogadishuda portlovchi moddalar o‘rnatilgan yuk mashinasi portlagan edi. Natijada qurbon bo‘lganlar soni 300 nafarni tashkil qilgan.