Iroq Mosulni 27-mayga qadar terroristlardan to‘liq ozod qilishini ma’lum qildi


Iroq qurolli kuchlari Mosulni ramazon oyining boshlanishi, 27-mayga qadar IShID  jangarilaridan to‘liq ozod qilishini ma’lum qildi, deya xabar bermoqda Euronews telekanali.

Mosulga hujum 2016-yilning 17-oktabridan buyon davom etib kelmoqda. Ayni vaqtda hukumat Mosulning to‘rtdan uch qismini egallashga muvaffaq bo‘lgan.

Mojarolar boshlangunga qadar shaharda 1,5 mln. aholi istiqomat qilgan bo‘lsa, shaharni ayni vaqtga qadar 500 ming kishi tark etdi. Ular vaqtinchalik lagerlarga joylashtirilgan.

Shaharda notinchlik vaqtida halok bo‘lganlar soni xozircha noma’lum. Ayni vaqtda u yerda taxminan yarim million aholi istiqomat qilib kelmoqda.

Fikr bildirish

Latest from Blog