iPhone va iPad xotirasida bo‘sh joy ajratishning eng ishonchli yo‘li (video)

Apple qurilmalari uchun yaqinda faollashtirilgan iOS 10.3 yangilanishi nafaqat qurilmamizdagi gadjetlarning tez ishlashi balki undagi bo‘sh joyni ham ko‘payishiga yordam beradi.

iOS 10.3 yangilanishini yuklab uni ishlatib ko‘rishga ulgurgan foydalanuvchilarning fikricha, yangilanish sozlanganidan so‘ng qurilmada bo‘sh joy sezilarli darajada ko‘paygan. Masalan, 128 Gb iPhone 7 Plus smartfoni egalari qurilmada 6 Gb joy bo‘shab qolgani haqida aytishgan.

Apple Insider portali yaratgan videoda iPad qurilmasida iOS 10.3 dan oldin va keyingi xotira holati solishtirilgan.

«Korrespondent» ham tajriba sifatida iOS 10.3 versiyasini o‘rnatib ko‘rdi. Natijada qurilmada 2 Gb joy bo‘shadi.

                                   

Siz ham iOS 10.3 versiyasini yuklab sozlagan bo‘lsangiz, o‘z fikringizni yozib qoldiring. Sizning Apple qurilmangizda qancha xotira bo‘shadi?

Fikr bildirish

Latest from Blog