Internet orqali «SMS-xabarnoma» xizmatini ulash xavfli — Uzcard

Internet orqali “SMS-xabarnoma” xizmatini ulash xavfli, infokiosk yoki bankomat orqali ulanish har tomonlama xavfsiz deb e’tirof qilingan — ogohlantiradi Yagona umumrespublika protsessing markazi axborot xizmati.

Foto: TripSavvy

Sababi infokiosk orqali ushbu xizmatni ulash vaqtida apparat kartangizni qabul qilayotganda plastik kartangiz qo‘lingizda ekanligi tasdiqlanadi. Bankda ham ushbu xavsizlik tizimi joriy qilingan bo‘lib, bank xodimi karta egasi ishtirokida xavfsiz ravishda kartangizni ushbu xizmatga ulab qo‘yadi.

“SMS-xabarnoma” xizmati karta egasiga barcha kirimlar, joriy balans va to‘lov operatsiyalar, jumladan, amalga oshirilgan to‘lovlar borasidagi ma’lumotga tezkorlikda ega bo‘lish imkonini yaratadi deyiladi xabarda.

Fikr bildirish

Latest from Blog