Indoneziyaning mashhur «The PEAK» jurnali O’zbekistonga tashrif buyurdi

«The PEAК» jurnalining oktabr sonida «LIFESTYLE» sarlavhasi ostida O‘zbekistonning madaniyati, milliy taomlari va me’moriy yodgorliklari haqida maqolalar, shuningdek, sayyohlar uchun amaliy maslahatlar berilgan.

Foto: kurtveliev.com / Ernest Kurtveliev

Ushbu material shu yilning iyul oyida «O‘zbekturizm» tomonidan tashkil etilgan Jakarta-Kuala-Lumpur-Samarqand charter reysidagi «Ziyorat-Tur» dasturi davomida tahririyatning jurnalistlari tomonidan tayyorlangan.

«The PEAK» jurnalining umumiy tiraji 130 000 nusxada bo‘lib, u 4 mamlakatda – Indoneziya, Malayziya, Singapur va Gonkongda nashr etiladi.

Jurnalning obunachilari yirik korporatsiyalar, turoperatorlar, biznes doiralari hisoblanadi. Ta’kidlash joizki, ushbu jurnal Indoneziyaning «GARUDA Indoneziya» milliy yo‘lovchi havo aviakompaniyasining samolyotlari bortlarida ham tarqatiladi.

Latest from Blog