Importdagi monopol, sun‘iy taqchillik, oziq-ovqat narxi va yangi Farmon

Nosog‘lom raqobat, oziq-ovqat mahsulotlari importining monopollashtirilishi, sun’iy taqchillikni yuzaga keltirish va ba’zi tovarlar uchun narx-navoning asossiz oshirilishi, bu asosda bir guruh shaxslarning shaxsiy foyda olish hollari sabab bugun mamlakatimizga oziq-ovqat mahsulotlari qimmat. Bu esa sohaning jiddiy islohotlarga muhtoj ekanligini ko‘rsatadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 16-yanvardagi «Mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligini yanada ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoni mana shu muammolarni hal qilish tomon yo‘l.

Foto: ru.golos.ua

Farmonda 2018-yil 1-fevraldan boshlab O‘zbekiston Respublikasiga oziq-ovqat tovarlarini import qilish bo‘yicha ayrim xo‘jalik yurituvchi subyektlarga taqdim qilingan individual bojxona, soliq va boshqa imtiyozlar, shuningdek, boshqa preferensiyalar bekor qilinishi belgilab qo‘yilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan respublikaga oziq-ovqat tovarlarini olib kirish bo‘yicha ayrim xo‘jalik yurituvchi subyektlarga individual bojxona, soliq va boshqa imtiyozlar, shuningdek, boshqa preferensiyalar taqdim etishni nazarda tutuvchi qarorlarning qabul qilinishi, ushbu talablar buzilgan hollarda aybdor shaxslar qonunchilikda belgilangan jinoiy javobgarlikkacha bo‘lgan javobgarlikka tortilishi belgilab qo‘yilgan.

Shuningdek, 2018-yil 1-fevraldan boshlab iste’mol tovarlarini respublika tovar xom-ashyo birjalarida sotish (sotib olish) yo‘lga qo‘yiladi. Shakar ishlab chiqaruvchilar 2019-yil 1-yanvarga qadar import xom-ashyosi asosida ishlab chiqarilgan hajmlar uchun -qiymat solig‘i to‘lashdan ozod qilinadi.

Iste’mol tovarlarini tovar xom-ashyo birjalarining ochiq elektron savdolarida sotish (sotib olish) uchun ulgurji savdoni amalga oshirishga litsenziya mavjudligi talab etilmaydi.

2019-yil 1-yanvargacha bojxona to‘lovlari to‘lashdan ozod qilinadigan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlar bundan mustasno) oziq-ovqat mahsulotlari va xom-ashyolarning ayrim turlari ro‘yxati ilovaga muvofiq tasdiqlanadi.

Fikr bildirish

Latest from Blog