Imon Karimova “onasining uyda ekanligi”ni ma’lum qildi

O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning 20 yoshli  nevarasi, Gulnora Karimovaning qizi Imon o‘zining Instagram’dagi sahifasida “onam endi uyda” deb yozib qoldirdi.

003 korrespondent.uz Gulnara Karimova Style Uz
Foto: AP

U shuningdek, Istanbul—London reysining talonini ham e’lon qildi. Imonning sahifasidagi suratlarga ko‘ra, u hozirda Londonda.

004 Korrespondent.uz Gulnara Karimovas daughter Iman Karimova Instagram Profile
Foto: Instagram /@iman.k17

Avvalroq, Imonning Londonga uchib ketgani haqida xabar berilgan edi.

Ma’lumot uchun, Gulnora Karimova 2015-yilning avgustida jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati sudi tomonidan bir qator jinoyatlarda aybdor deb topilgan. Jumladan, Karimova jinoiy guruh tuzishga aloqadorlik, o‘g‘irlik, pul undirish, davlat mablag‘larini o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborish, soliqlar to‘lashdan bosh tortish singari jinoyatlarda ayblangan va 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingan.

Fikr bildirish

Latest from Blog