Imon Karimova: Hech qanday siyosiy masalalarda ishtirok etishni istamaymiz

“OAV va boshqalar atigi ikki so‘zimga shunchalik qiziqish bildirganidan hayratda qoldim”. Gulnora Karimovaning qizi Imon o‘zining Instagram’dagi sahifasida shunday yozuv qoldirdi.

001 korrespondent.uz Iman karimova Lola Karimova
Foto: Facebook / Lola Karimova-Tillayeva

“Biz faqat o‘z hayotimiz bilan yashashni istaymiz. Hech qanday siyosiy masalalarda ishtirok etishni xohlamaymiz. Shu yillar mobaynida boshimizdan o‘tgan barcha dahshatli voqealar ortda qolgan bo‘lsin”, — deya ta’kidlagan Imon Karimova.

0010 Korrespondent.uz Gulnara Karimovas daughter Iman Karimova Instagram Profile
Foto: Instagram /@iman.k17

Eslatib o‘tamiz, oldinroq hozir Londonda ekanligi bildirilayotgan Imon o‘zining Instagram’dagi sahifasida “onam uyda” deya izoh bergandi.

Fikr bildirish

Latest from Blog