Ilon Mask Twitter’da «Tesla» kompaniyasining qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha komissiyasi ustidan kulishi oqibatida kompaniyaning aksiyalari narhi 7 % ga tushib ketdi. Bu haqda Bloomberg xabar qildi.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Tesla aksiyalari narhi Maskning bu harakatidan keyin yana tushishi mumkin.
«Shuni ta’kidlashni istardimki, Firibgarlarni boyitish komissiyasi (Shortseller Enrichment Commission, idoraning haqiqiy nomi — Securities and Exchange Commission. — «Korrespondent.uz» ) ajoyib ishlar qilmoqda» – deya tvit qoldirgan edi Mask.