Tadbirkor Endryu Left Tesla kompaniyasi asoschisi Ilon Maskni sudga berdi, deya xabar qiladi Gazeta.ru nashri CNBC’ga tayanib.

Leftning aytishicha, konsernning asoschisi Tesla aksiyalarining narxini o‘zgartirish orqali birjada firibgarlik amalga oshirgan. Xususan, Mask o‘zining tvitida kompaniyani xususiylashtirishni rejalashtirgan va moliyalashtirish «kafolatlangan» deb yozgan. Shundan so‘ng Tesla aksiyalari barqarorligini yo‘qotgan.
Biroq, 2018-yilning oktabr oyi oxirida Mask Teslaning jamoatchilik shirkati bo‘lishini e’lon qilgan edi. Natijada aksiyalar yana o‘sishni boshlagan.
Xozircha sud majlisining bayonnomasi bo‘yicha hech qaysi tomon izoh bermadi.