Afsonaviy «Setora» guruhi vanihioyat o‘z nomini qaytarib oldi. Bu haqda guruh vakillari MTV telekanalida efirga uzatilgan ko‘rsatuvlardan birida ma’lum qilishdi.
Kursatuvda ishtirok etgan Kamilla Xodjayeva va Laylo Galiyeva ayni paytda Feruza Latipovaning guruhda masofadan turib faoliyat yuritishini va guruhga Feruzdan tashqari hech kimni qabul qilish niyatida emasligini ma’lum qilshdi.
Eslatib o‘tamamiz, afsonaviy «Setora» guruhi 18-19-noyabr kunlari «Istiqlol» San’at saroyida bo‘lib o‘tadigan «Afsonaviy Retro» gala-konsertida chiqish qildi.
Guruh a’zolari 2016-yilning oxirida OAVga afsonaviy guruhning sahnaga jiddiy qaytishayotgani haqida xabar qilgan edi. Yangilik e’lon qilinishiga qadar kuz oylarida O‘zbekistonga vaqtinchalikka kelgan Feruza Latipova guruhni tiklab Toshkent shahri va Toshkent viloyatida kichik konsertlar uyushtirishdi.
AQShda istiqomat qilayotgan Feruza Latipova «Se*Tanho»ning 2017-yilning aprel oyida tashkillashtirgan Andijon, Namangan va Farg‘ona bo‘ylab gastrollarida ishtirok etolmadi. Ayni vaqtda jozibali vokal ovoz sohibasi AQShdan turib bir nechta qo‘shiqlarni taqdim etdi.
Kamilla va Laylo 19-20-21-may kunlari “Turkiston” saroyining yozgi maydonida retro qo‘shiqlari bilan sahnada Tohir Sodiqov, Ravshan Sobirov, DJ Piligrim hamda “Sahar” guruhlari bilan chiqish qilishdi.
May oylarida Feruza, Kamilla va Laylo «Setora Tanho» yangi nomi ostida «Rahmonim» qo‘shig‘ini qayta yozdi va unga klip suratga oldi. Klipda guruh a’zosi Feruza Latipovani uchratmaysiz.
«Rahmonim» taronasi yoz faslida yangi «Setora Tanho» nomi ostida taqdim etildi. «Istiqlol» sahnasida tashkillashtirilayotgan gala-konsert reklamalarida esa qizlar o‘zlarining ilk «Setora» nomi bilan e’lon qilindi.
Bir nechta nashrlarga bergan intervyularida guruh a’zolari Feruza Latipovaning hamisha «Setora»ning to‘laqonli a’zosi ekanligini ta’kidlashdi. Ayni vaqtda Feruza Latipova o‘z oilasi bilan AQShda istiqomat qilmoqda.
Guruh ma’muri bilan quyidagi raqam orqali bog‘lanish mumkin: +99894 6140440