“Ikki nafari erkak, uch nafari ayol kishi”. Chilonzorda yoqib yuborilgan “Shovotlandiya” kafesida halok bo‘lganlar to‘g‘risida ma’lumot berildi

Toshkent shahri Chilonzor tumani Qizil Sharq mavzesi 9-A uy Guliston ko‘chasida joylashgan “Shovotlandiya” kafesining yoqib yuborilishi oqibatida besh kishi halok bo‘lgani, qasddan yoqib yuborgan shaxs ushlangani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in oqibatida 1998-yilda tug‘ilgan J.J. (erkak), 1998-yilda tug‘ilgan X.X. (erkak), 1961-yilda tug‘ilgan B.A. (ayol), 1999-yilda tug‘ilgan M.B. (ayol) va 1996-yilda tug‘ilgan Sh.A. (ayol) halok bo‘lgan.

Hozirda holat yuzasidan Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 173-moddasi (mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish) 2-qismi “b”, “v” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari mahkamaning O‘ta og‘ir jinoyatlarni tergov qilish bo‘limi tomonidan olib borilmoqda.

Fikr bildirish

Latest from Blog