IIV: vaziyat markazlari, ularning faoliyati nimalardan iborat?

«Xavfsiz turizm» loyihasi yurtimizga kelgan sayyohlar va mehmonlarning xavfsizligini ta’minlash, ular uchun zamonaviy sharoitlar yaratish chora-tadbirlarini ko’zda tutadi. Shu maqsadida turizm xavfsizligini ta’minlash bo’yicha ichki ishlar organlari faoliyati takomillashtirildi. Bu haqda vazirlik saytida ma’lum qilindi.

turizm 2

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Buxoro, Samarqand, Xiva va Shahrisabz shaharlarida xavfsiz turizmni ta’minlash chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori bilan xavfsiz turizmni ta’minlash konsepsiyasi tasdiqlandi. Shunga ko’ra konsepsiyasini amalga oshirish bo’yicha komissiya tuzildi. Mazkur komissiya tomonidan konsepsiyaning asosiy yo’nalishlarini bosqichma-bosqich amalga oshirish bo’yicha «yo’l xaritalari» tasdiqlandi.
Endilikda Buxoro, Samarqand, Xorazm va Qashqadaryo viloyatlari IIBda vaziyat markazlari faoliyat ko’rsatadi. Ular xavfsiz turizm holatini monitoring qilish, sayyohlarni real vaqt rejimida potentsial xavflardan xabardor etish hamda ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga yordamlashish bilan shug’ullanadi. Hozirgi kunda ushbu viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarida xavfsiz turizmni ta’minlash bo’yicha boshqarmalar tashkil etildi. Boshqarmalarga xorijiy tillarni mukammal biladigan xodimlar ishga qabul qilingan. Ayni paytda mamlakatda bo’lib turgan davrda sayyohlar xavfsizligini, transportdan foydalanish va ko’chishlarini ta’minlash bo’yicha turizm sohasida xizmatlar ko’rsatuvchi va etib kelgan sayyohlar hisobini yurituvchi davlat va nodavlat tashkilotlarning yagona axborot bazasini shakllantirish rejalashtirilmoqda.

turizm
Mobil ilova sayyohlarni mamlakatimizda bo’lish qoidalari, viza va ro’yxatga olish jarayonlari, diqqatga sazovor manzillar va yo’nalishlar, shuningdek, yaqin ichki ishlar organi tayanch punktlari va tibbiyot muassasalari to’g’risida xabardor qilib turadi. Yashash joyi xavfsizligini ta’minlash, mehmonxonaga joylashish va sayyohlarga xizmat ko’rsatish sohasida har bir mehmonxonada etib kelgan sayyohlarning ma’lumotlar bazasini shakllantirishga imkon beruvchi «E-mehmon» elektron axborot tizimi joriy etilmoqda. Mehmonxonalarga kirish joyi kunu tun videokuzatuv ostida bo’ladi.

Fikr bildirish

Latest from Blog