Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati Toshkent viloyatidagi manzil-koloniyada saqlanuvchi mahkumlarning shart-sharoitlari buzilgani haqidagi xabarni inkor qildi.

Mutaxassislar maʼlumotiga koʻra, yuvinish va xojatxonalar zamonaviy texnika bilan jihozlangan, eski uslubdagi yuz-qoʻl yuvish uskunalari esa anchadan buyon ishlatilmaydi. Ovqat tayyorlash va tanavvul qilish uchun alohida binoda kerakli buyum va asbob-uskunalar bilan oshxona jihozlangan.
Bundan tashqari, erkaklar ham, ayollar ham uyali telefondan erkin foydalanishadi. Hech kim ularni yaqinlari va tanishlari bilan uchrashishdan cheklamaydi.
Tegishli idora va prokurorlar manzil-koloniyadagi ish sifatini doimiy ravishda tekshirib turishadi.
“Mahkum boʻlgan erkak va ayollarni saqlash haqiqiy shart-sharoitlari maqolasida koʻtarilayotgan “muammo” bilan solishtirilganda Toshkent viloyatida joylashgan manzil-koloniyada mahkumlarni saqlash uchun hamma shart-sharoitlar yaratilganini koʻrsatadi”, – deyilgan IIV xabarida.
Avvalroq, ijtimoiy tarmoqda koloniyadagi huquqni buzarliklar haqidagi maqola tarqalgandi. Muallif mahkumlar huquqlari buzilgani – oshxona, yuvinish va xojatxona yoʻqligini aytib oʻtgan edi.