Ichki ishlar vaziri: Tergov harakatlari audio va videoga muhrlanadi

Ichki ishlar organlarida eng so‘nggi zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari, jumladan, so‘roq jarayonini stenografiya qilish, videokuzatuv, shuningdek tergov harakatlarini audio- va video qayd etish tizimlari bilan jihozlangan maxsus xonalar tashkil etilmoqda. Bu haqda mamlakat ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov O‘zAga bergan intervyusida ma’lum qildi.

O‘zbekiston ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov. Kadr: O‘zMTRK

Mahkumlarga masofali video-uchrashuv tashkil etish imkoniyatini nazarda tutgan holda himoyalangan aloqa kanali bo‘yicha videokonferensaloqa tizimini bosqichma-bosqich joriy etish ko‘zda tutilmoqda.

Bugungi kunda ichki ishlar vazirligi huzuridagi tergov departamentida shunday namunaviy maxsus xona tashkil etildi. Bunday xonalarni keyingi yillarda bosqichma-bosqich barcha tergov bo‘linmalarida joriy etish rejalashtirildi.

Bu esa fuqarolarning qalbaki dalillar, tuhmat va bo‘htonlar asosida javobgarlikka tortilishiga chek qo‘yadi. Har bir shaxsga adolatli jazo berilishi va aybi bo‘lmagan hech bir shaxs javobgarlikka tortilmasligini kafolatlovchi jinoyat-protsessual normasini qat’iy ta’minlaydi, deb ta’kidlanadi xabarda.

Latest from Blog