Huquq-tartibot organlari kollejdoshlari tomonidan kaltaklanganidan so‘ng vafot etgan Jasurbek Ibrohimov ishini alohida nazoratga oldi

Toshkent shahar IIBB kollejdoshlari tomonidan kaltaklanganidan so‘ng hayotdan ko‘z yumgan Jasurbek Ibrohimov ishi yuzasidan rasmiy axborot berdi.

Foto: podrobna.uz

“2017-yil 3-may kuni taxminan soat 14:00 larda Yashnobod tumani hududidagi 145-maktab oldida Jasurbek Maxamad o‘g‘li Ibragimovga nisbatan og‘ir tan jarohatlari yetkazilganligi holati yuzasidan Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (jabrlanuvchining o‘limiga sabab bo‘lgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) alomatlari bilan 1999-yilda tug‘ilgan Islombek Abdujamilovich Tulaganovga nisbatan mavjud bo‘lgan jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda”, — deyiladi xabarnomada.

Hozirda boshqa shaxslarning mazkur jinoyatga aloqadorligi tekshirilmoqda.

Tergov harakatlari yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotlar berib boriladi.

Eslatib o‘tamiz, Toshkentdagi Borovskiy nomidagi kollejning 2-kursida ta’lim oluvchi Jasurbek Ibrohimov 1-iyun kuni kasalxonada vafot etdi. U 3-may kuni kollejdoshlari tomonidan qattiq kaltaklangan, shundan so‘ng kasalxonaga tushgan edi. Shifokorlar jabrlanuvchini besh marta operatsiya qilgan, biroq uning hayotini saqlab qola olmagan. Marhumning onasi aybdorlarni jazolashni so‘rab, O‘zbekiston Prezidentiga murojaat qildi.

Fikr bildirish

Latest from Blog