Hokim oʻrinbosari pora olayotganda qoʻlga olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining Boysun tuman boʻlimi xodimlari tomonidan tuman prokuraturasi va Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari bilan hamkorlikda fuqarolar J.S va X.P.larning arizasi yuzasidan Boysun tumani Rabot massivida oʻtkazilgan tezkor tadbirda, tuman kadastr boʻlimi mutaxassisi S.A., fuqaro J.S.dan, uning qarindoshi X.P.ning nomiga qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish va bogʻdorchilikka moʻljallangan 0,30 ga lalmi yer uchastkasi ajratib berish evaziga 30 mln. soʻm pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: danielmrosenberg.com

Tadbir davomida S.A. yer ajratish boʻyicha hujjatlarni tuman hokimiga imzolatish uchun hokimning qishloq va suv xoʻjaligi boʻyicha oʻrinbosari M.Sh.ga 100 AQSh dollari berishi kerakligini, qilmishidan pushaymonligini bildirib, jinoyatini fosh etishda faol ishtirok etishini maʼlum qiladi.

Shunga asosan tezkor tadbir davom ettirilib, Boysun tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi boʻyicha oʻrinbosari M.Sh., tuman kadastr boʻlimi mutaxassisi S.A.dan 100 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Fikr bildirish

Latest from Blog