Hillari Klinton saylovda mag‘lub bo‘lishida Obamaning ham aybi borligini aytdi

AQShning sobiq prezidentligiga nomzod Hillari Klintonning aytishicha, saylovda mag‘lub bo‘lishida mamlakat sobiq yetakchisi Barak Obamaning ham aybi bor,  deb yozadi “Gazeta.ru”.

Foto: The Hollywood Reporter

Uning aytishicha, u «Barak Obamaning hamma qarorlarini maqullamagan», biroq sobiq amerikalik rahbar «iqtisodiyotni noqulay vaziyatda qutqarish» uchun zarur bo‘lgan narsalarni qilgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Obama diplomatiya va muzokaralarni afzal ko‘rgan yo‘lni belgilagan.

“Ammo bu siz ketma-ket ikki muddatdan buyon hokimiyat tepasida bo‘lgan o‘z partiyangizdan prezidentlikka saylanmoqchi bo‘lganingizda sizga qarama-qarshi esgan shamol bo‘ladi”, — dedi u.

“Siz o‘zingiz tarafdori bo‘lgan ko‘plab sohalarni himoya qilayotgan, shu bilan birga, o‘zgarishlarga ega kun tartibini ilgari surayotgan nomzod bo‘lsangiz, ikkinchisiga erishish qiyin bo‘ladi. Shuning uchun muammo shunda bo‘lgan, deb hisoblayman”, — dedi Klinton.

Latest from Blog