Bir oydan so‘ng Rossiyaning “LUKOYL” AYOQShi haqida ilk bor OAVlarda habar tarqalganiga bir yil bo‘ladi. 2017-yilning 13-yanvar kuni Gazeta.uz Toshkentning Yashnobod tumanidagi Temur Malik ko‘chasi bo‘yida “LUKOYL” yoqilg‘i shahobchasi ochilishga tayyor ekanligi haqida yozgan edi. Uning asosiy ustunligi – AI-92, AI-95 markadaga benzin va dizel yonilg‘isi bo‘lishida edi. Har holda, taxtachalarda aynan shu raqamlar ko‘rsatilgan edi, deb yozadi Repost.uz nashri.
Yarim yil o‘tib, shu yilning iyun oyida “LUKOYL” AYOQShining baribir ochilishi haqida “Uzbekneftgaz” MXK rahbari Alisher Sultonov ma’lum qilgan edi.
Undan avvalroq, “LUKOYL” butun O‘zbekiston bo‘ylab 50 ta AYOQSh qurishni rejalashtirayotgani haqida OAVlarda xabar tarqalgandi. 2016-yilning ohirida Toshkentda birinchi shahobcha qurilishi boshlangan bo‘lib, yanvar oyining so‘ngida ishlar deyarli yakunlangan edi. O‘sha paytdan beri AYOQSh taqdiri va ochilishning aniq sanasi e’lon qilinmadi.
LUKOYLUZning Facebook dagi rasmiy sahifasida so‘ngi yangilik shu yilning fevral oyida kiritilgan bo‘lib, unda ochilish anons qilingan va “LUKOYL” AYOQShga yonilg‘i to‘g‘ri Rossiyadan yetkazilishi haqida so‘z borgan.
Mart oyida, savollarga javob bera turib, “LUKOYL” vakillari ayrim holatlar va detallarga tayangan, ammo ularga izoh bermagan. “Ochilish bo‘ladi, ammo qachonligi noma’lum”, — deyishgan kompaniyada. O‘sha paytdan beri LUKOYLUZ tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda hech qanday faollik kuzatilmagan.
Repost.uz jurnalistining shahobcha ochilishi haqida savolga kompaniyada javob berishga qiynalishdi. Tahminlarga ko‘ra, ayni paytda kompaniyada narx belgilash masalasi ko‘rib chiqilmoqda, bu esa taxminiy narxlarni e’lon qilishda qiyinchiliklarni yuzaga keltirmoqda. “LUKOYL” AYOQShida sotiladigan benzin narhlari bozor formulasi bo‘yicha shakllanadi. Shu bilan birga, narxlar O‘zbekistonning davlat AYOQShlarida belgilangan 3800 (AI-80) va 4300 (AI-91) so‘mlik benzindan qimmatroq bo‘lishi aniq.