“Haj-2023” mavsumi uchun 1 nafar ziyoratchiga to‘lov miqdori 68 mln 760 ming so‘m etib belgilandi. Oldingi yilda bu miqdor 62,9 mln so‘m bo‘lgandi. Ziyoratchilar 4-iyundan 19-iyungacha Madina shahriga yuboriladi.
“Haj-2023” mavsumi uchun 1 nafar ziyoratchiga to‘lov miqdori 68 mln 760 ming so‘m etib belgilandi. Bu haqda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita axborot xizmati rahbari Ilhom Ma’rupov ma’lum qildi.
2023-yilda O‘zbekiston fuqarolari uchun umumiy haj kvotasi 12 mingdan 15 ming nafarga oshirildi.
Saudiya Arabistonida bo‘lib turgan ishchi guruh Makka va Madina shaharlarida sharoitlarni hozirlash ishlarini olib bormoqda.
- JSST tomonidan tasdiqlangan vaksinalardan biri bilan to‘liq emlangan bo‘lishi shart;
- meningitga qarshi 4 valentli vaksina qabul qilgan bo‘lishi shart;
- mavsumiy grippga qarshi emlanish tavsiya etiladi.
O‘zbekistonlik ziyoratchilar 4-iyundan 19-iyungacha respublikaning 10 ta hududiy aeroportidan, jumladan, Toshkent, Namangan, Farg‘ona, Qarshi, Termiz, Samarqand, Buxoro, Navoiy, Urganch, Nukus shaharlari orqali Madina shahriga yuboriladi. 4-iyuldan 22-iyulgacha esa Jidda shahridan O‘zbekistonga olib kelinadi.