/

Gvatemaladagi prezidentlik saylovida Bernardo Arevalo g‘alaba qozondi

© RIA Novosti

Gvatemalaning yangi prezidenti etib sobiq prezident Xuan Xose Arevaloning o‘g‘li Bernardo Arevalo saylandi.

Ovozlarning 99% dan ortig‘i sanab bo‘lingandan so‘ng, Oliy saylov sudining (OSS) xabar berishicha, Semilla harakati vakili Arevalo saylovning ikkinchi bosqichida sobiq birinchi xonim Sandra Torresni ortda qoldirib, 58% ovoz olgan. U saylovchilarning 37 foiz ovozini oldi.

Oliy saylov sudi sudyasi Blanka Alfaro Arevaloni «virtual g‘olib» deb atadi va mamlakatdagi chuqur siyosiy tafovutlarni bartaraf etish uchun zudlik bilan milliy muloqotga chaqirdi.

«Biz barcha gvatemalaliklarga xizmat qiladigan hukumatni, farqlarga qaramay, barcha odamlarga g‘amxo‘rlik qiladigan hukumatni tuzamiz», dedi Arevalo.

Assosiated Press agentligi saylov natijalarini sharhlar ekan, Arevalo prezidentlik poygasida autsayder hisoblangani, biroq “keng tarqalgan korrupsiya va yetakchilarning unga qarshi kurasha olmasligidan g‘azablangan saylovchilar o‘zgarishlar foydasiga hal qiluvchi tanlov qildi, deb yozadi.»

Fikr bildirish

Latest from Blog