2017-yilning iyun oyida Youtube xostingiga joylashtirilgan Gulsanamning «Kel» qo‘shig‘iga ishlangan klip bugunga qadar 3 million marotabadan ortiq tomosha qilindi.
Huddi shu klipning tojik tilida ijro etilgan «Biyo» nomli versiyasi salkam 2 million marotaba tomosha qilingan.
Klipmeyker Shuhrat Mavlonov tomonidan Jizzah viloyatida did bilan suratga olingan videoklipda xonanda cho‘lda, dengizda va adirda o‘z yorini «Kel» deb chorlaydi.
Xonandaning huddi sokin jazz janrini eslatuvchi «Sog‘indim» taronasi ham muxlislar tomonidan iliq kutib olindi. Undan tashqari «Sehrlading» qo‘shig‘i ham o‘zgacha musiqasi bilan ajralib turadi.