Gollivud aktyori Mettyu Perrining o‘limi sababi ma’lum bo‘ldi

© CNN

“Friends” seriali orqali tanish bo‘lgan amerikalik aktyor Mettyu Perri Ketamin dori vositasining nojo‘ya taʼsiri tufayli olamdan o‘tdi. Bu haqda Deadline nashri Los-Anjeles sud-tibbiyot ekspertizasi xulosasiga tayanib xabar bermoqda.

Ketamin — kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasi bo‘lib, og‘riq qoldirish va depressiya kasalliklarini davolashda qabul qilinadi. Preparat shifokor tomonidan buyuriladi. Uni qo‘llash Amerika oziq-ovqat va farmatsevtika idorasi tomonidan tasdiqlangan.

54 yoshli Perrining o‘lim sababi baxtsiz hodisa deb topildi. U 2023-yil 28-oktyabr kuni uyining vannaxonasida o‘lik holda topilgan. Aktyorning jasadida qotillik alomatlari bo‘lmagan.

U 3-noyabr kuni Los-Anjelesdagi Forest Lawn Memorial Parkida Warner Bros studiyasidan uncha uzoq bo‘lmagan joyga dafn etildi. Marosimda do‘stlari va “Friends” filmidagi hamkasblari Jennifer Eniston, Kortni Koks, Liza Kudrou, Mett Leblan va Devid Shvimmer ishtirok etdi.

2022-yilda Perri o‘zining “Do‘stlar, yaqinlar va bitta katta yomon narsa” nomli avtobiografik kitobini nashr etgan, unda giyohvandlik bilan kurashgan yillari tasvirlangan.

Fikr bildirish

Latest from Blog