AIBA’ning navbatdan tashqari o‘tkazilgan kongressida G‘ofur Rahimov AIBA (Xalqaro havaskor boks assotsiatsiyasi) prezidenti lavozimiga saylandi, deb yozmoqda Uznews nashri.
Bundan bir muncha muddat oldin u O‘zbekiston boks federatsiyasi prezidenti, Osiyo boks federatsiyasi prezidenti lavozimlarida faoliyat olib borgan edi.
AIBAning amaldagi prezidenti Franko Franchelli biz bilan bir jamoada qolib, ishlarini davom ettiradi, – dedi G‘ofur Rahimov.