GM Uzbekistan butunlay yangilangan Chevrolet Malibu bizness-klass sedanini ishlab chiqara boshlaydi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmatiga tayanib Uz24 xabar qildi.
Avtomobillarni SKD texnologiyasi bo‘yicha yig‘ish GM Uzbekistan’ning Toshkentdagi filialida amalga oshiriladi.
Yangi Chevrolet Malibu yanada tejamkor, undagi xavfsizlik va qulaylik ko‘rsatkichlari sezilarli darajada oshirildi. O‘zbekiston bozorida mashina to‘rt xil marvaridli oq, tutunli oq, to‘q kulrang va qora ranglarda chiqariladi.
Avtomobilni yetkazish muddati 3 oydan oshmaydi, deyiladi xabarda.
Ma’lum qilinishicha, Chevrolet Malibu’ning narxi 210 000 000 so‘m, xalqaro plastik kartada hisoblaganda 110 852 000 so‘mni tashkil etadi.