GM Uzbekistan oʻzining rasmiy sayti orqali qilgan murojaatida xaridorlardan avtomobil xarid qilish jarayonida yuz berayotgan qonunbuzarliklar haqida xabar berishni soʻradi.
Foto: Merinews
«Hurmatli xaridorlar, avtomobil sotib olish jarayonida diler korxonalari tomonidan qoʻshimcha pul talab qilish yoki boshqa qonunbuzarlik holatlariga duch kelsangiz, GM Uzbekistan ishonch raqamlariga qoʻngʻiroq qilishingizni soʻraymiz: +998 71 147-14-14», – deyilgan kompaniya xabarida.
Eslatib oʻtamiz, 1-iyundan boshlab GM Uzbekistan ishlab chiqarayotgan barcha avtomobillar Oʻzbekiston ichida milliy valyutaga sotilishi kerak. Ayni kunlarda GM Uzbekistan salonlarda mavjud boʻlgan avtomobillarni inventarizatsiya qilmoqda (sanab chiqmoqda). 1-iyundan boshlab soʻmda shartnomalar tuzish boshlanadi.
Oldin AQSh dollarida tuzilgan shartnomalar shartlari oʻzgarmasdan ijro etiladi.