«GM Uzbekistan»​ rahbariyati – «narxlarning chek-chegarasi bor»

Jurnalistlarning biri avtomobillarning narxi dollarning rasmiy kursiga bog‘langanligi sababli narxlar har hafta ko‘tarilayotganini ta’kidladi, deb yozmoqda «Uznews.uz» nashri.

Dollarning rasmiy kursi qora bozor qiymatiga yaqinlashganida nima bo‘ladi?

Rustam Rajabov: Narxlarning chek-chegarasi bor, ular tushiriladi. Tahlilchilar ushbu masala ustida ishlashmoqda. Albatta “Kaptiva” 500 mln so‘m bo‘lishi mumkin emas. Bir narsani tushinish lozim, biz narxlarni iste’molchilar jabrlanishlari uchun dollarning rasmiy kursiga bog‘laganimiz yo‘q, bizning maqsadimiz ishlab chiqarishni rivojlantirish hamda yangi modellarni chiqarishdir.

Fikr bildirish

Latest from Blog