GM Uzbekistan o‘z avtomobillarining narxi oshishi haqidagi xabarlarga oydinlik kiritdi


GM Uzbekistan AJ Facebook’dagi rasmiy sahifasi orqali avtomobillarining narxi oshishi haqida OAVda tarqalgan xabarlarga raddiya berdi. Bu haqda Uz24 axborot portali xabar qilmoqda.

Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi qator yangiliklar agentliklarning sahifalarida GM Uzbekistan AJ tomonidan ishlab chiqarilayotgan avtomobillar narxlarini oshishi to‘g‘risidagi habarlarga oid Sizlardan kelib tushayotgan ko‘plab savollar munosabati bilan shuni rasman ma’lum qilamizki, kompaniyaning bunday habarlarga aloqasi yo‘q, deyiladi xabarda.

GM Uzbekistan AJ faoliyati to‘g‘risidagi ishonchli ma’lumot kompaniyaning www.gmuzbekistan.uz va Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi (@gmuzbekistanofficial) rasmiy sahifalarida chop etiladi.

Fikr bildirish

Latest from Blog