GM Uzbekistan avtomobillari uchun 3 foizlik avans to‘lovi bekor qilindi

Uzavtosavdo onlayn tizimi orqali GM Uzbekistan avtomobillari uchun 3 foizlik miqdoridagi majburiy boʻnak toʻlovini bekor qiladi.

Foto: Sof.uz

“Xaridorlarning talab va istaklarini inobatga olib, shuningdek “GM Uzbekistan” avtomobillarini “Uzavtosavdo” onlayn tizimi orqali xarid qilishda adolat va shaffoflik yaratish maqsadida avtomobillarni bron qilish va 3 foiz miqdorida majburiy oldindan to‘lovni amalga oshirish shartlari bekor qilinayotganini ma’lum qilamiz”, – deyilgan kompaniya xabarida.

Taʼkidlash joizki, hozirda avtomobillarni yetkazib berish muddatini 45 kungacha qisqartirishga erishildi.

Ammo xaridorlarning fikrlari oʻrganilganda avtomobillarni bron qilinishi va 3 foiz miqdorda avans toʻlovi amalga oshirilishi avtomobillarni oʻz vaqtida yetkazib berishga toʻsiq boʻlayotganligi aniqlandi.

Endi “GM Uzbekistan” avtomobillarini “Uzavtosavdo” onlayn tizimi orqali xarid qilish avtomobilning 85 foiz yoki 100 foiz miqdoridagi to‘lovni amalga oshirganda, navbat esa to‘lov amalga oshirilgan kundan boshlab shakllanishi belgilandi. Shunday qilib 100 foiz to‘lovni birinchi amalga oshirgan xaridor birinchilardan bo‘lib avtomobilni oladi.

Fikr bildirish

Latest from Blog