GM Uzbekistan: Aksiz solig‘i tushirilganiga qaramay, mashinalar narxi pasaymaydi

GM Uzbekistan’ning Facebook’dagi sahifasida mashinalarning narx-navosiga oid xabarnoma e’lon qilindi. Unda aksiz soliq stavkasining o‘zgarishi bilan narxlar tushirilishi ko‘zda tutilmayotgani ta’kidlab o‘tildi.

Foto: “PR.uz”

Oldinroq GM Uzbekistan avtomobillariga aksiz solig‘i 5,4 barobarga kamaytirilgani xabar qilingan edi. Oldin aksiz solig‘i 27 foizga teng bo‘lsa, hozirda bu ko‘rsatkich 5 foizni tashkil etadi. Shunga qaramay, korporatsiya bu holat avtomobillar narxida aks etmasligini bildirib o‘tdi. Ta’kidlanishicha, bu chora kursdagi tafovut sabab harajatlarning oshib ketishi qoplashga xizmat qiladi.

“2017-yilning 5-sentabrida Vazirlar Mahkamasining ‘GM Uzbekistan AJ tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar narxlarini shakllantirishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida’gi 701-sonli qarori imzolandi. Unga ko‘ra yengil avtomobillarning ulgurji va chakana narxlari O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2017-yil 31-avgustdagi kursi bo‘yicha (4210,35 so‘m) qat’iy belgilab qo‘yildi. Valyuta kursining o‘zgarishi GM Uzbekistan avtomobillarining Vazirlar Mahkamasining 701-sonli qarori bilan tasdiqlangan ulgurji va chakana narxlar hisob-kitobiga salbiy ta’sir ko‘rsatmasligi uchun GM Uzbekistan yengil avtomobillari uchun belgilangan aksiz soliq stavkasi 5 foiz etib belgilandi. Bu esa kursdagi tafovut sabab harajatlarning oshib ketishi qoplash va bu bilan avtomobillarning chakana narxlaridagi barqarorlikni ta’minlash imkonini berdi”, — deyiladi xabarnomada.

“O‘z-o‘zidan kelib chiqadiki, aksiz soliq stavkasining o‘zgarishi bilan narxlar tushirilishi ko‘zda tutilmayapti”, — ma’lum qildi kompaniya vakillari.

Fikr bildirish

Latest from Blog