Bugun Qozog‘iston Premyer-Ligasi 32-turdan o‘rin olgan bahslar yakuniga yetdi. Hamyurtimiz Aleksandr Geynrix faoliyat olib boradigan “Ordabasi” jamoasi safarda “Aktobe” klubi mehmoni bo‘ldi.
Hamyurtimiz 90 daqiqa o‘ynagan o‘yinda uning jamoasi 2:0 hisobida g‘alaba qozondi, deya xabar qilmoqda Sport.uz nashri.
Qayd etish joiz, Geynrix bu mavsum birorta o‘yinni to‘liq o‘tkazmagan edi.
Shavkat Salomovning “Atirau” klubi esa o‘z maydonida “Taraz”ni mehmon qilib, 3:2 hisobida g‘alabaga erishdi. Salomov o‘yinni asosiy tarkibda maydonga tushdi.
Qozog‘iston Premyer-Ligasi. 32-tur
“Aktobe” – “Ordabasi” 2:0
“Atirau” – “Taraz” 3:2.