Germaniyadagi qochqinlar joylashgan markazda chiqgan yong‘in oqibatida 6 kishi kuygan. Bu haqda Ruptly TV xabar qildi.
Yong‘in Vayl-der-Shtadt shahrida joylashgan binodan chiqgan. 37 kishi binodan evakuatsiya qilingan. 6 kishi kasalxonaga joylashtirilgan.
Xabarga ko‘ra, alangani o‘chirishda yuzga yaqin o‘t o‘chiruvchilar ishtirok etgan. Alanga chiqish sababi xozircha noma’lum. Politsiya tergov ishlarini olib bormoqda.