Migratsiya agentligi va Germaniyaning AMAZONE ish beruvchi tashkiloti oʻzbekistonlik fuqarolar uchun quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha ish oʻrinlarini taklif qilmoqda:
- Payvandchi
- Muhandis-mexanik
- Chilangar
Ish sharoitlari:
Nomzodlar uchun taklif qilinayotgan lavozimlarning oylik maoshi 1800 yevroni (taxminan 24 500 000 soʻm) tashkil etadi. Biroq uy ijarasi va ovqatlanish xarajatlari ishchining oʻz hisobidan qoplanadi.
Nomzodlarga qoʻyiladigan talablar:
- Yosh chegarasi: 40 yoshgacha bo‘lishi kerak.
- Til bilimi: Nemis tilidan kamida A2 darajada bo‘lish va buni xalqaro sertifikatlar (Gyote, Telc, yoki ÖSD) orqali tasdiqlash.
- Ta’lim: Quyidagi diplomlardan biriga ega boʻlish:
- Metall texnologiyasi, qishloq xoʻjaligi yoki texnika yoʻnalishida kasb taʼlim diplomi.
- Avtomobilsozlik, mashinasozlik yoki agrar mashinasozlik boʻyicha bakalavr diplomi.
- Tajriba: Sohaga oid kamida 1 yillik ish tajribasi bo‘lishi zarur.
- Ish vaqti: Haftasiga 5 kun, 40 soat.
- Sogʻliq va sudlanmaganlik: Nomzod jismonan sogʻlom va sudlanmagan boʻlishi shart.
Qoʻshimcha maʼlumotlar:
Nomzodlar dastlabki 6 oy davomida sinov muddatidan oʻtadilar. Hozirda ushbu dastur doirasida 70 ta ish oʻrni uchun arizalar qabul qilinmoqda.
Ushbu imkoniyatdan foydalanmoqchi boʻlganlar yuqoridagi talablarga mos keladigan hujjatlarini taqdim etishlari lozim. Germaniyada tajriba orttirish va munosib daromad topish uchun bu ajoyib imkoniyatdir!